4 Sentyabr 2026
60
US Open: Mariya Timofeyeva ikkinchi davrada yurishini toʻxtatdi
AQSh ochiq chempionatining asosiy davrasida qatnashayotgan tennischisiz Mariya Timofeyeva (86-raketka) ikkinchi bosqichda oʻz ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz ushbu bosqichda jahon tasnif jadvalida 20-pogʻonani egallab turgan belgiyalik Eliza Mertens bilan bahs olib bordi. Ikki set davom etgan bahsda Mertens 6:2, 7:6 hisoblarida gʻalaba qozondi.
Bugundan uchinchi davra bahslari boshlanadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu bosqichda yana bir yurtdoshimiz Kamilla Rahimova jahonning birinchi raqamli raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko bilan bellashadi.