3 Sentyabr 2026 124

SQB — futzal boʻyicha Oʻzbekiston superkubogi gʻolibi

Poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida futzal boʻyicha Oʻzbekiston superkubogi uchun oʻyin oʻtkazildi. Unda BMB va SQB jamoalari bahs olib borishdi. Asosiy vaqt 3:3 bilan yakunlangan uchrashuvda SQB penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi.

Qayd etish joiz, jahon futbolining bir qator yulduzlari Superkubokning faxriy mehmonlari sifatida Toshkentga taklif etilgan. Taqdirlash marosimida MOQ, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda mamlakat futzal federatsiyasi rahbariyati ham qatnashib gʻolib va sovrindorlarni qutlashdi.

Text to speech