1 Sentyabr 2026 123

US Open: Mariya Timofeyeva sloveniyalik raqibini magʻlubiyatga uchratdi

Yana bir tennischimiz Mariya Timofeyeva (86-raketka) AQSh ochiq chempionatining birinchi davrasini gʻalaba bilan yakunladi.

Sloveniyalik Tamara Zidanshekka (146) qarshi kortga chiqqan Timofeyeva katta qiyinchiliksiz 6:3, 7:5 hisoblarida ustun keldi.

Endi u ikkinchi davrani ispaniyalik Keytlin Kuavedo (107) va belgiyalik Eliza Mertens (20) oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi oʻtkazadi.

Text to speech