30 Avgust 2026
170
Dzyudochilarimiz Lozanna turnirida 5 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Lozanna “Katta dubulgʻa” turnirini muvaffaqiyatli yakunladi. Ogʻir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Qayd etish joiz, -90 kg vazn toifasida ikki nafar polvonimiz Umar Bozorov hamda Nurbek Murtazoyev finalda oʻzaro toʻqnash kelishdi. Bellashuv Bozorovning gʻalabasi bilan yakunlandi.
🥇 Oltin medal:
-90 kg: Umar Bozorov
🥈 Kumush medal:
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
🥉 Bronza medal:
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.