12 May 2026 194

Velotrek boʻyicha “Namangan grand prix” musobaqasi boʻlib oʻtdi

Namanganda velotrek boʻyicha Gran-pri turniri tashkil qilindi. Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan musobaqaning bu yilgi bahslarida 6 davlatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Bellashuvlar davomida Sergey Rostovsev, Dmitriy Bocharov, Nafosat Koziyeva, Madina Qahhorova kabi sportchilarimiz yuqori mahorat koʻrsatib, qator dasturlarda shohsupadan joy olishdi. Mazkur musobaqa orqali terma jamoamiz murabbiylar shtabi oldinda turgan xalqaro turnirlar oldidan sportchilarimizning tayyorgarligini yana bir karra koʻzdan kechirib oldi.

Text to speech