30 Avgust 2026
80
Taekvondochi qizlarimiz Tayyuan turnirini 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi
Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT boʻyicha “World Taekwondo Womenʼs Open Championships” turniri oʻz nihoyasiga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtlarimizdan Shabbona Abduvaliyeva -57 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, jamoamiz mazkur musobaqani 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Eslatib oʻtamiz, dastlabki kun Iroda Mirtojiyeva (+73 kg) ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan edi.