28 Avgust 2026
3070
Artur Guliyev jahon chempionatlaridagi toʻrtinchi medalini qoʻlga kiritdi
Polshaning Poznan shahrida oʻtayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.
200 metr masofaga kechgan yakkalik kanoechilar bahsida hamyurtimiz Artur Guliyev marraga ikkinchi boʻlib keldi va kumush medalga sazovor boʻldi.
Ma’lumot uchun, Guliyev hisobida bungacha dunyo birinchiliklarining 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari mavjud edi.