27 Avgust 2026 47

Tarixiy oltin medal: Akademik eshkak eshuvchilarimiz Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev jahon chempioni!

Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor boʻldi.

Yengil vaznli sportchilar oʻrtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibiga aylandi. Bu oʻzbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritgan dastlabki oltin medali sifatida tarixda qoladi.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.

Text to speech