27 Avgust 2026 48

Mustaqillik bayrami oldidan sport faxriylariga ehtirom koʻrsatildi

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakat sport tashkilotlari faxriylari kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda sport sohasini rivojlantirish, Olimpiya va Paralimpiya harakatini yuksaltirishga koʻp yillar davomida munosib hissa qoʻshib kelgan bir guruh faxriylar ragʻbatlantirildi.

Rasmiylar sportimiz fidoyilarining uzoq yillik mehnatlarini alohida eʼtirof etib, bugungi gʻalabalarimiz zamirida ularning ulkan hissasi borligini taʼkidladilar. Shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, sportning ommaviyligini oshirish yoʻlidagi fidokorona mehnatlari uchun ularga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Text to speech