Olimpiya harakati va sport sohasining bir guruh vakillariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Sh.M. Mirziyoyevning turli sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimizni "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, bir guruh Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda sport sohasi vakillariga mazkur nishon tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov so‘zga chiqib, barchani yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, Otabek Muhammadaliyevich sohada mehnat qilayotgan mutaxassislar, murabbiylar, federatsiya va assotsiatsiyalar vakillari hamda Olimpiya harakati faollarining mehnatlarini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.