25 Avgust 2026
157
Bir guruh MOQ xodimlari “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport sohasida uzoq yillardan beri samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh mutaxassislarga Sport vazirligi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.
Tadbirda vazirlik mutasaddilari sovrin egalarini, xususan, MOQ vakillarini qutlab, ularning yurtimiz sporti rivojiga qoʻshayotgan koʻp yillik mehnatlarini alohida eʼtirof etishdi. Oʻz navbatida, mukofot egalari kelgusida ham sportimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayratlarini ishga solishlarini bildirdilar.