25 Avgust 2026
123
Taekvondochi qizlarimiz Xitoydagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi
28-30-avgust kunlari Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT boʻyicha ayollar oʻrtasida “Taiyuan 2026 World Taekwondo Womenʼs Open Championships” turniri boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham medallar uchun kurash olib boradilar. Mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasiga koʻra, turnirda qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:
-53 kg: Laylo Hasanova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-57 kg: Shabbona Abduvaliyeva
-62 kg: Sevinch Hayitova
-62 kg: Mohidil Oʻktamjonova
-62 kg: Diyora Azizova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-67 kg: Jasmina Turlibekova
+73 kg: Svetlana Saidova
+73 kg: Iroda Mirtojiyeva