24 Avgust 2026
130
Futbol boʻyicha 2027-yilgi U20 jahon chempionati “Ikki mamlakat – bir chempionat” dasturi asosida oʻtkaziladi
Oʻzbekiston va Ozarbayjon kelgusi yili birgalikda futbol boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatini qabul qiladi. Ayni paytda davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va davlatimiz rahbari oʻzaro uchrashuv chogʻida ushbu musobaqani birgalikda oʻtkazishga doir qator masalalarni koʻrib chiqishdi.
Har ikki davlat yetakchilari, MOQ rahbarlari ushbu turnir doirasida keng koʻlamli “Ikki mamlakat – bir chempionat” dasturini amalga oshirishga kelishib olishdi.