24 Avgust 2026 124

Oʻzbekiston Eron bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlari doirasida milliy terma jamoamiz oʻtkazadigan navbatdagi oʻrtoqlik oʻyini yuzasidan maʼlumot berdi. Unga koʻra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoamiz 24-sentyabr kuni Eronga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazadi.

Bahs Fargʻonadagi “Istiqlol” stadionida tashkil qilinadi.

Text to speech