23 Avgust 2026 120

Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunlashdi

Ekvadorning Guayakil shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi kunida finalgacha yetib borgan hamyurtimiz Joʻrabek Eshpoʻlatov kumush medalga sazovor boʻldi.

🥈 Kumush medal:
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov

Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunlashdi. Barcha gʻolib va sovrindorlar:

🥇 Oltin medal:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova

🥈 Kumush medal:
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov

🥉 Bronza medal:
-55 kg: Bobur Yusupov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Charos Hikmatova

Bugun aralash jamoaviy dastur bahslari boʻlib oʻtadi.

Text to speech