22 Avgust 2026
83
Behruzbek Usmonov jahon chempionatida bronza medali bilan taqdirlandi
Ekvadorning Guayakil shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Mazkur medalni -73 kg vazn toifasida kurashgan Behruzbek Usmonov keltirdi.
🥉 Bronza medal:
-73 kg: Behruzbek Usmonov
Ortda qolgan 2 kunlik bahslardan keyin Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikda ketmoqda.