19 Avgust 2026 55

Yosh short-trekchimiz Osiyo ochiq kubogida kumush medalga sazovor boʻldi

Shu kunlarda Hindistonning Dexradun shahrida short-trek boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo ochiq kubogi boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan yosh sportchimiz Alisher Mahmudov sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Hamyurtimiz 1000 metr masofaga kechgan poygalarda 28 ishtirokchi orasida ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, oltin va bronza medallari mezbon sportchilarga nasib etgan.

Text to speech