18 Avgust 2026 51

Klublarimizning OChL 2 va Elit OChLdagi raqiblari maʼlum boʻldi

Bugun futbol boʻyicha Osiyo chempionlar ligasi 2 va Elit chempionlar ligasining guruh bosqichiga qurʼa tashlandi. Mazkur turnirlarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston klublarining raqiblari maʼlum boʻldi.

Unga koʻra, OChL 2 da qatnashadigan “Nasaf” “A” guruhida “Al-Vahda” (BAA), “Quvayt SK” (Kuvayt) hamda “Al-Holdiya” (Bahrayn) jamoalariga qarshi harakat qiladi.

Shuningdek, Elit OChL yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan “Neftchi” hamda “Paxtakor” jamoalarining uy-safar tizimidagi oʻyinlari quyidagicha koʻrinish oldi:

“Neftchi”ning uy oʻyinlari:
“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)
“Eyr-Fors” (Iroq)

“Neftchi”ning safar oʻyinlari:
“Istiqlol” (Eron)
“Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Qodisiya” (Saudiya Arabistoni)
“Traktor” (Eron)

“Paxtakor”ning uy oʻyinlari:
“Istiqlol” (Eron)
“Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Qodisiya” (Saudiya Arabistoni)
“Traktor” (Eron)

“Paxtakor”ning safar oʻyinlari:
“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)
“Eyr Fors” (Iroq)

Text to speech