10 May 2026
189
Mariya Timofeyeva Istanbul turnirida gʻalaba qozondi
Turkiyaning Istanbul shahrida tennis boʻyicha WTA 125 tasnifiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Mariya Timofeyeva bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Yurtdoshimiz final bahsida xorvatiyalik nomdor raketka ustasi Donna Vekichni 6:4, 6:2 hisoblarida magʻlubiyatga uchratishga erishdi.