15 Avgust 2026
73
“Toshkent yoʻlbarsi” Rufat Risqiyev olamdan oʻtdi
Bugun oʻzbek boksining afsonasi, jahon chempioni va Monreal-1976 yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi, “Doʻstlik” ordeni sohibi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi.
Rufat Asadovich oʻzbek boksining bugungi gʻalabalariga tamal toshini qoʻygan insonlardan biri, bokschilarimiz orasida birinchi boʻlib jahon chempionligiga erishgan sportchi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib qoladi. Oʻtganlarning oxirati obod boʻlsin.