Yosh ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini 51 ta medal bilan yakunlashdi
“Olimpiya shaharchasi” mezbonlik qilgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida yigitlar oʻrtasida eng ogʻir vazn toifasida medallar oʻynaldi. Unda yoshlar oʻrtasida +110 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Omadillo Olimov siltab koʻtarish va ikki kurash yoʻnalishlarda oltin medallarga egalik qildi.
Shu tariqa, 8 kun davom etgan bellashuvlarda oʻzbekistonlik yosh atletlar quyidagicha medallarni qoʻlga kiritishdi:
Yoshlar toifasida:
7 ta oltin 🥇
10 ta kumush🥈
6 ta bronza 🥉
Jami: 23 ta
Oʻsmirlar toifasida:
6 ta oltin 🥇
8 ta kumush 🥈
14 ta bronza 🥉
Jami: 28 ta
Shuningdek, sportchilarimiz quyidagi 4 yoʻnalishda umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi:
— Yoshlar toifasidagi umumiy ochkolar jamgʻarish;
— Yosh qizlar toifasidagi ochkolar jamgʻarish;
— Oʻsmirlar toifasidagi umumiy ochkolar jamgʻarish;
— Oʻsmir yigitlar toifasidagi ochkolar jamgʻarish.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mazkur musobaqada qoʻlga kiritilgan yuksak natija bilan mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni, muxlislarimizni samimiy qutlaydi.