13 Avgust 2026 281

Svetkov va Rostovsev Budapeshtdagi turnirda 3 ta medalni qoʻlga kiritishdi

11-12-avgust kunlari Vengriya poytaxtida velotrek boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda qatnashgan velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Nikita Svetkov va Sergey Rostovsev qator dasturlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Sportchilarimiz murosasiz bahslarda 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
Nikita Svetkov (omnium)
Sergey Rostovsev (ochkolar poygasi)

🥈 Kumush medal:
Sergey Rostovsev (skretch)

Text to speech