10 May 2026 183

Nilufar Zokirova hamda Shohsanam Sherzodova Jahon kubogida sovrindor boʻlishdi

Vengriyaning Seged shahri mezbonlik qilayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Jahon kubogi bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir medalga sazovor boʻldi.

Ayollar oʻrtasida 200 metrga kanoeda eshkak eshish boʻyicha kechgan juftlik bahsida hamyurtlarimiz Nilufar Zokirova hamda Shohsanam Sherzodova bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Kanoeda eshkak eshish boʻyicha JK, Vengriya
200 metr, ayollar, juftlik:

🥇 D.Sirilo / L.Lopez (Kuba) – 41.53
🥈 Ch.Shuai / V.Lin (Xitoy) – 41.67
🥉 N.Zokirova / Sh.Sherzodova (Oʻzbekiston) – 42.04

Text to speech