11 Avgust 2026 41

Sergey Rostovsev Slovakiyadagi turnirda 3 ta medalni qoʻlga kiritdi

7-9-avgust kunlari Slovakiyaning Preshov shahrida velotrek boʻyicha ikki bosqichdan iborat “GP Slovak Cycling Federation” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sergey Rostovsev 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz birinchi bosqich doirasidagi “scratch” dasturida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, “elimination” yoʻnalishida har ikki ham shohsupadan joy olib, kumush va bronza medallariga ega chiqdi.

Text to speech