10 Avgust 2026 200

Ogʻir atletikachilarimiz bugun 10 ta medal qoʻlga kiritishdi

Poytaxtimizda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining bugungi bahslari Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli kechdi. Sportchilarimiz kun davomida 3 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
- 57 kg: Marjona Abdumutalova (yoshlar, dast koʻtarish)
-61 kg: Ziyoda Xudoyqulova (yoshlar, dast koʻtarish)
- 61 kg: Munisa Boltayeva (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)

🥈 Kumush medal:
- 57 kg: Zarina Abdullahakova (oʻsmirlar, dast koʻtarish)
- 57 kg: Marjona Abdumutalova (yoshlar, siltab koʻtarish)
- 57 kg: Marjona Abdumutalova (yoshlar, ikki kurash)
- 61 kg: Munisa Boltayeva (oʻsmirlar, ikki kurash)
-61 kg: Ziyoda Xudoyqulova (yoshlar, siltab koʻtarish)
-61 kg: Ziyoda Xudoyqulova (yoshlar, ikki kurash)

🥉 Bronza medal:
- 61 kg: Munisa Boltayeva (oʻsmirlar, dast koʻtarish)

Text to speech