9 Avgust 2026
130
Ravshan Irmatovni tabriklaymiz!
Bugun oʻzbek futboli rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan mutaxassis, OʻFA birinchi vitse-prezidenti, Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, 2015-yil dunyoning eng yaxshi referisi, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Ravshan Irmatov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ravshan Sayfuddinovichni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.