8 Avgust 2026
678
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, Shahnoza Shavkatovna!
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Butunjahon suzish federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi byurosining aʼzosi Shahnoza Mirziyoyeva tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Shahnoza Shavkatovnani bugungi ayyom bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, yurtimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish yoʻlida olib borayotgan mashaqqatli ishlarida kuch-gʻayrat tilab qoladi.