Oʻzbekistonda xokkeyni yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor rejalar koʻrib chiqildi
Bugun mamlakatimizda xokkey sportini yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boyicha vakili Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda mamlakat xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Baxodir Gafurov ustuvor masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
Uchrashuvda yurtimizda yoshlarning xokkey bilan shugʻullanishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani kuchaytirish, yoshlar va kattalar terma jamoalarimizning jahon chempionatining yuqori divizionlariga koʻtarilishlari uchun kerakli sharoitlarni yaratish, qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishlarini taʼminlash kabi mavzular atroflicha koʻrib chiqildi.
Shuningdek, klublar faoliyatini kuchaytirish, seleksiya, malakali trener va murabbiylarni tayyorlashdek yoʻnalishlar ham muhokama qilindi.