7 Avgust 2026
184
Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boshlandi
Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilmoqda. Musobaqada qitʼamizning 29 mamlakatidan 300 nafardan ziyod sportchi medallar uchun bahs olib boradi.
Dasturga koʻra, bugun 4 ta vazn toifasida bellashuvlar oʻtkaziladi. Chempionat 14-avgustga qadar davom etadi.