2 Avgust 2026 57

4 nafar yosh erkin kurashchimiz jahon chempionatida sovrindor boʻlishdi

Ozarbayjon poytaxtida kechayotgan sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatining ortda qolgan kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Hamyurtlarimiz unda 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥈 Kumush medal:
-55 kg: Jahongir Toʻlqunov
-65 kg: Shohiddin Aliyev

🥉 Bronza medal:
-48 kg: Farruh Mahmudov
-110 kg: Behruz Ashirov

Bugun turnirning songgi kunida 3 nafar erkin kurashchimiz bronza medali uchun yurishni davom ettirishadi.

-45 kg: Muhammad Rahimjonov / Abdunazar Batirkanov (Qirgʻiziston) — Lasha Dotiashvili (Gruziya)
-60 kg: Bekzodbek Ibrohimov / Vitold Pavlik (Polsha) — Mikita Kuzmenko (Ukraina)
-71 kg: Jaloliddin Jalolov / Kemrin Hovard (AQSh) — Adilet Risbay (Qozogʻiston)

Text to speech