10 May 2026
152
Jalolov va Ummataliyev professional boksda navbatdagi gʻalabaga erishdilar
Angliyaning Manchester shahrida professional boks oqshomi boʻlib oʻtmoqda. Unda ringga koʻtarilgan yurtdoshlarimiz, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov hamda jahon chempioni Javohir Ummataliyev raqiblarini muddatidan avval magʻlub etib, navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdilar.
Javohir Ummataliyev — Damian Drabik (Polsha) 2-raundda nokaut
Bahodir Jalolov — Agron Smakichi (Xorvatiya) 8-raundda texnik nokaut