1 Avgust 2026
76
Ikki nafar erkin kurashchimiz jahon chempionati finalida
Boku shahrida tashkil etilayotgan sport kurashlari boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionati yakuniy bosqichga yetib kelmoqda. Ortda qolgan kun saralashda qatnashgan 5 nafar erkin kurashchimizning 2 tasi finalga yoʻl olgan boʻlsa, yana 2 nafari bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishdi.
🏆 Final:
-55 kg: Jahongir Toʻlqunov — Jovanni Tovar (Kolumbiya)
-65 kg: Shohiddin Aliyev — Magomed Ibragimov (Rossiya)
🥉 Bronza medali uchun:
-48 kg: Farruh Mahmudov — Emir Jevatov (Bolgariya) / Muslihiddin Hojiyev (Tojikiston)
-110 kg: Behruz Ashirov / Sergko Choutsisvili (Gretsiya) — Murtaz Bagdavadze (Gruziya)
Shuningdek, bugun yana 5 nafar sportchimiz saralash bosqichida ishtirok etishadi.