31 Iyul 2026 75

Boks boʻyicha litsenzion musobaqalarning mezbonlari aniqlandi

Shotlandiyaning Glazgo shahrida “World Boxing” Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik, shuningdek, tashkilotning strategik va boshqaruv faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Qabul qilingan qarorga koʻra, Olimpiada yoʻllanmalari uchun kechadigan qitʼaviy litsenzion musobaqalar quyidagi davlatlarda tashkil etiladi:

Amerika: AQSh
Osiyo: Xitoy
Yevropa: Turkiya (Istanbulda oʻtadigan Yevropa oʻyinlari doirasida)
Okeaniya: Samoa*
Afrika: Nigeriya*

*Samoa va Nigeriya mezbonligi zarur hujjatlar taqdim etilgach rasman tasdiqlanadi.

Shuningdek, jahon miqyosida oʻtadigan ikki litsenzion turnirlar dastlab Italiya, soʻng Vengriyada oʻtkazilishi ham maʼlum qilindi.

Text to speech