25 Iyul 2026
72
Parijda kurash boʻyicha Prezident sovrini uchun musobaqa oʻtkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Paris Kurash Open” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Musobaqada dunyoning 28 mamlakatidan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod sportchi bahs olib bordi.
4 vazn toifasida kechgan murosasiz bahslar yakuniga koʻra, oʻzbekistonlik kurashchilar 2 tadan oltin va bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
🥇 Oltin medal:
-90 kg: Samandar Sadinov
+90 kg: Sherali Joʻrayev
🥉 Bronza medal:
-90 kg: Jonibek Qozoqov
+90 kg: Bekmurod Oltiboyev