24 Iyul 2026 73

Tavallud ayyom muborak, janob Prezident!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 69 yoshni qarshi oldilar.

Muhtaram Shavkat Miromonovich,
Sizning dono va uzoqni koʻzlagan siyosatingiz, qatʼiy irodangiz hamda xalqimiz farovonligi yoʻlida amalga oshirayotgan keng koʻlamli islohotlaringiz tufayli mamlakatimiz sporti tarixiy yuksalish bosqichiga koʻtarildi. Bugun Oʻzbekiston Olimpiya oʻyinlarida dunyoning eng kuchli oʻn besh, Osiyo oʻyinlarida esa kuchli besh mamlakat qatoriga kirib, xalqaro sport maydonida munosib oʻrin egallamoqda. Yurtimiz nufuzli xalqaro musobaqalar va yirik sport anjumanlariga mezbonlik qilayotgani ham Siz olib borayotgan oqilona davlat siyosati va jahon hamjamiyati tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonchning yorqin samarasidir.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining ahil jamoasi, sportchi va murabbiylar, Olimpiya harakatining koʻp sonli faollari nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yoʻlidagi sharafli faoliyatingizda ulkan shijoat tilaymiz.

Text to speech