23 Iyul 2026
70
Sinxron suzuvchilarimiz Osiyo chempionatida oltin medallarga sazovor boʻlishdi
Tailandda oʻtayotgan suv sporti turlari boʻyicha yosh guruhlari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi oltin medallarga sazovor boʻldi. Ushbu medallarni sinxron suzuvchilarimiz keltirishdi. Qiziqarli bellashuvlarda Darya Kochneva (U18) texnik solo, Xadicha Aʼzamova hamda Sabina Mahmudova (U18) esa texnik duet dasturlarida oltin medallarni qoʻlga kiritdilar.
🥇 Oltin medal:
– Darya Kochneva (texnik solo, U18)
– Xadicha Aʼzamova va Sabina Mahmudova (texnik duet, U18)