20 Iyul 2026 96

Taekvondochilarimiz Janubiy Koreyadagi xalqaro turnirni 3 ta medal bilan boshlashdi

Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT boʻyicha G2 tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqa start oldi. Turnirning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga egalik qilishdi.

🥈 Kumush medal:
-74 kg: Mironshohmirzo Muzaffarov

🥉 Bronza medal:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov

Text to speech