19 Iyul 2026
122
Toshkentda stol tennisi boʻyicha xalqaro musobaqalar oʻtkazilmoqda
Poytaxtimizda stol tennisi boʻyicha “WTT Youth Contender” hamda “WTT FEEDER” turnirlari boshlandi. “Olimpiya shaharchasi” mezbonlik qilayotgan “WTT Youth Contender” musobaqasida 21 mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bellashuvlar U11, U13, U15, U17 va U19 yosh toifalarida tashkil qilingan. Mazkur turnir 22-iyulga qadar davom etadi.
Shundan soʻng, 24-iyul kuni kattalar oʻrtasida “WTT FEEDER” musobaqasi start oladi. 28-iyulgacha oʻtkaziladigan bahslarda 18 mamlakatdan 160 nafardan ortiq sportchi qatnashishi kutilmoqda.