17 Iyul 2026
222
Aichi-Nagoya-2026: Bugun 4 federatsiyaning tayyorgarligi tahlil qilindi
Bugun Oʻzbekiston skvosh va padel, gandbol, basketbol va regbi federatsiyalarining tayyorgarlik rejalari mutasaddilar diqqat-markazida boʻldi. Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov mutaxassislar bilan uchrashib, mavzuga doir qator masalalarni muhokama qilishdi.
Yigʻilishda rasmiylar har bir federatsiya boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, musobaqalar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarining taqvimi, medallar uchun kurashish imkoniyatlari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, masʼullarga mavjud muammolarni bartaraf etish hamda Oʻyinlarga puxta hozirlik koʻrish boʻyicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.