17 Iyul 2026
177
Suvga sakrash: Sportchilarimiz yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi
Shu kunlarda Tailandning Bangkok shahrida suv sporti turlari boʻyicha turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik atletlar dastlabki medallarni rasmiylashtirishdi. Suvga sakrash boʻyicha U18 yosh toifasida kechgan bellashuvlarda yurtdoshlarimiz 10 va 3 metrli balandliklardan sakrash dasturlarida 2 ta bronza medallariga ega chiqdilar.
🥉 Bronza medal:
– Amal Mavlyanov / Timur Boychabayev (10 metr)
– Amal Mavlyanov / Abdulboriy Ibragimov (3 metr)