Bokschilarimiz Osiyo chempionatining barcha yosh toifalarida birinchi boʻlishdi
Indoneziyada boks boʻyicha U19 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Biroz avval oʻtkazilgan U23 yosh toifasidagi final janglarida ham yurtdoshlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, peshqadamlikni saqlab qolishdi. Mazkur yosh toifasidagi yigitlarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
🥇 Oltin medal:
-65 kg: Ilhomjon Ergashev
-70 kg: Abdulloh Madaminov
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
+90 kg: Ozodbek Aliyev
🥈 Kumush medal:
-85 kg: Norbek Abdullayev
-90 kg: Samir Sobirov
🥉 Bronza medal:
-55 kg: Faryozbek Doʻsmatov
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg: Abdulaziz Abdulhamidov
Shu tariqa, mazkur qitʼa birinchiligida yosh bokschilarimiz barcha yoʻnalishlarda umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan mamlakat boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni, muxlislarimizni samimiy qutlaydi.