16 Iyul 2026 70

Boks: U19 yosh toifasidagi yigitlarimiz ham Osiyo chempionatida birinchi boʻlishdi

Jakarta shahrida boks boʻyicha qitʼa birinchiligining U19 yosh toifasidagi bellashuvlari yakunlandi. Bugun final jangini oʻtkazgan 8 nafar bokschimizdan 7 tasi gʻalaba qozonib, oltin medallarga sazovor boʻlishdi. Yakunda 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
-50 kg: Oʻtkirbek Norqosimov
-55 kg: Elyor Rustamov
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov
-75 kg: Suhrob Rahmatullayev
-80 kg: Abror Sharipov
-85 kg: Sardor Bahromxoʻjayev
-90 kg: Asadbek Sultanboyev

🥈 Kumush medal:
+90 kg: Islom Salixov

🥉 Bronza medal:
-70 kg: Saidxoʻja Sadillaxoʻjayev

Ayni paytda U23 yosh toifasidagi final bahslari tashkil qilinmoqda.

Text to speech