16 Iyul 2026 54

Jahon chempionatida qatnashadigan qilichbozlarimizning tarkibi maʼlum

22-30-iyul kunlari Gonkongda qilichbozlik boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi. Hozirda sportchilarimiz turli shaharlarda soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borishmoqda. Musobaqada qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:

Sablya, erkaklar: Musa Aymuratov, Islambek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Alpomish Oʻroqboyev.
Ayollar: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Ayakoz Jumamuratova, Samira Shokirova.

Rapira, erkaklar: Radmir Semeneyev, Ulugʻbek Usmanov, Ilyas Molina, Danil Kravsov.
Ayollar:
Polina Volobuyeva.

Shpaga, erkaklar: Meyrxan Temurov, Javohir Nurmatov, Vadim Anoxin.
Ayollar: Dilnaz Murzatayeva, Malika Hakimova, Shahzoda Egamberdiyeva.

Text to speech