15 Iyul 2026
181
Boks: U23 yosh toifasidagi qizlarimiz ham Osiyoda tengsiz!
Jakarta shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionatining qizlar oʻrtasida U23 yosh toifasidagi bellashuvlari ham yakunlandi. Qiziqarli bahslar yakunida qizlarimiz 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Shubhasiz, ushbu natija bilan yurtdoshlarimiz mazkur yosh toifasida ham umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.
🥇 Oltin medal:
-51 kg: Gulsevar Gʻaniyeva
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
-65 kg: Sevinch Xurramova
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva
+80 kg: Sobiraxon Shaxobiddinova
🥈 Kumush medal:
-70 kg: Rayxona Qurbonboyeva
🥉 Bronza medal:
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-75 kg: Oysha Toirova
Ertaga har ikki yosh toifasidagi yigitlar oʻrtasida final janglari tashkil etiladi.