15 Iyul 2026
143
Boks: U19 yosh toifasidagi qizlarimiz Osiyo chempionatida birinchi boʻlishdi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida U19 yosh toifasidagi qizlar bellashuvlari yakunlandi. Quvonarlisi, qizlarimiz 10 ta vazn toifasining 8 tasida ishtirok etishganiga qaramay, 4 ta oltin va 2 ta kumush medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
🥇 Oltin medal:
-54 kg: Sabrina Chakomanova
-60 kg: Sevara Mamatovada
-65 kg: Rushanabonu Isoyeva
-75 kg: Samira Turgʻunova
🥈 Kumush medal:
-51 kg: Nazokat Mardonova
-70 kg: Maftuna Yangiyeva
Ayni paytda U23 yosh toifasidagi final bahslari tashkil qilinmoqda.