14 Iyul 2026 97

Aichi-Nagoya-2026: Terma jamoalarning tayyorgarlik jarayonini oʻrganish davom etmoqda

Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov bugun Oʻzbekiston MMA va sport kurashlari assotsiatsiyalari, shuningdek, ushu hamda kurash federatsiyalari mutasaddilari bilan uchrashib, terma jamoalarimizning boʻlajak Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik rejalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida har bir sport turi boʻyicha terma jamoalarning tayyorgarlik rejalari, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, xalqaro musobaqalar taqvimi va medallar uchun kurashadigan sportchilarning holati, mavjud masala va takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Mutasaddilar tomonidan terma jamoalarning tayyorgarligini yanada samarali tashkil etish, sportchilarning jismoniy holatini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Text to speech