13 Iyul 2026 99

Aichi-Nagoya-2026: 5 ta federatsiya rejalari muhokama qilindi

Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov bugun Uzbekistan aquatics, velosiped sporti, voleybol, kamondan otish va qilichbozlik federatsiyalarida boʻlib, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan terma jamoalarimizning rejalari bilan tanishdi.

Qayd etish joiz, suv sporti turlari va velosport kompleks musobaqalarda eng koʻp medallar jamlanmasi oʻynaladigan yoʻnalishlardan hisoblanadi. Rasmiylar shuni inobatga olgan holda atletlarimizni boʻlajak musobaqaga har tomonlama puxta tayyorlash, buning uchun barcha sharoitlarni yaratish boʻyicha kerakli tavsiyalarni berib oʻtishdi. Shuningdek, voleybol, kamondan otish hamda qilichbozlik boʻyicha terma jamoalarimizning olib borayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari ham tahlil qilindi.

Uchrashuvlar davomida Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishi kutilayotgan barcha sportchilarimiz alohida koʻrib chiqilib, ularning imkoniyatlari, holati haqida maʼlumot berildi. Qolaversa, musobaqaga jalb etiladigan boshqa mutaxassislar tarkibini optimallashtirish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi.

Text to speech