Yengil atletika: Davronova va Nagayevda oltin, Norboyeva bronza medalini qoʻlga kiritdi
Xitoyning Ordos shahrida yengil atletika boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolair 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
🥇 Oltin medal:
— Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
— Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
🥉 Bronza medal:
— Oʻgʻiloy Norboyeva (yetti kurash)
Yakunda sportchilarimiz mazkur musobaqada 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi oʻrinni egallashdi.
Barcha gʻolib va sovrindorlar:
🥇 Oltin medal:
— Jonbibi Hukmova (400 metr)
— Jonbibi Hukmova (800 metr)
— Valeriya Gorbatova (balandlikka sakrash)
— Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
— Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
🥈 Kumush medal:
— Nurxon Ochilova (400 metr, toʻsiqlar osha)
— Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
— Ayyubxon Fayozov (bosqon uloqtirish)
— Ibrohim Mahkamov (uch hatlab sakrash)
🥉 Bronza medal:
— Oʻgʻiloy Norboyeva (yetti kurash)