Oybek Kasimov “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Turli sohalarda yurtimiz salohiyatini rivojlantirishga beqiyos hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh mutaxassislar “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi. Ahamiyatlisi, ular orasida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ham bor.
Mazkur yuksak eʼtirof Oybek Omilovichning mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish, sport tizimini takomillashtirish, yoshlarni jismoniy faollik va sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish, shuningdek, Oʻzbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yoʻlidagi samarali mehnatining munosib eʼtirofi boʻldi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi jamoasi Oybek Kasimovni ushbu nufuzli mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ham ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaydi.