11 Iyul 2026
58
Hukmova hamda Gorbatova U23 Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritishdi
Xitoyning Ordos shahrida yengil atletika boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda oʻzbekistonlik atletlar 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor boʻlishdi.
🥇 Oltin medal:
Jonbibi Hukmova (800 metr);
Valeriya Gorbatova (balandlikka sakrash)
🥈 Kumush medal:
Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)